Ushbu kurs institutsional mutaxassislarni kapital bozorlari va komplayns bo‘yicha kengaytirilgan bilimlar bilan ta’minlaydi. Kursda bozor tuzilmalari, moliyaviy instrumentlar, risklarni boshqarish hamda murakkab tartibga solish muhitlarida ularni amaliy qo‘llashga alohida e’tibor qaratiladi.
Kurs maqsadlari
✅Keng jamoatchilik uchun O‘zbekiston Respublikasining Respublika fond birjasi “Toshkent” da ro‘yxatdan o‘tgan qimmatli qog‘ozlar va obligatsiyalarga, shuningdek yaqinlashib kelayotgan IPOlarga xavfsiz va ishonch bilan investitsiya qilish imkoniyatlarini yaratish.
✅ Emitentlar va davlat korxonalarini obligatsiyalar chiqarish, IPO o‘tkazish yoki jahon bozorlarida hamda Respublika fond birjasi “Toshkent” orqali xususiylashtirishni amalga oshirish yo‘li bilan kapitalni samarali jalb qilishga tayyorlash.
Kurs mavzulari
✅O‘zbekiston kapital bozorlari tuzilmasi, shuningdek tartibga soluvchi va soliq bazasi
✅ Qarz kapitali bozorlari va aksiyadorlik kapitali hamda IPOga tayyorgarlik
✅Depozitariy tizimining (CSD) transformatsiyasi
(AJ, 2025) – “sandbox” (sinov muhiti)dagi innovatsiyalar – transchegaraviy hisob-kitoblar va normativ bo‘shliqlar tahlili
✅Anderrayting jarayoni – UzFB orqali qo‘shilish va qo‘shib olish (M&A) – bankning g‘aznachilik operatsiyalarini optimallashtirish va IPO anderraytingi simulyatsiyasi
Kurs instrumentlari
💡Workshoplar, mehmon ma’ruzalari va кейslarni tahlil qilish
💡 Guruh seminarlar va ishchi simulyatsiyalar
💡 Testlar va boshqa mashqlar